Hindistonda XVI asrga oid masjid yo`lni kengaytirish uchun buzib tashlandi.
Xabarlarda ta`kidlanishicha, Saidobod Shohi masjidi jamoat ishlari boshqarmasi hududida qurilgan bo`lib, yo`lni kengaytirishga to`sqinlik qilgan. Taxminlarga ko`ra, masjid afg`on bosqinchisi Sher Shoh Suri tomonidan qurilgan. Buzilishdan ko`p o`tmay, uning videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Buzish ishlari Uttar-Pradesh shtatining Prayagraj tumaniga qarashli Handia Tehsil shahridagi Grant magistral yo`lini (GT Road) kengaytirish uchun olib borilgan. Masjid Saidobod bozorida joylashgan edi. Buzish vaqtida polisiya va hukumat amaldorlari hozir bo`lgan.
Masjid ma`muriyati masjidni saqlab qolish uchun Oliy sudga murojaat qilishgan. Masjid imomining aytishicha, ular Oliy sudga borganlarida, sud bu fuqarolik ishi ekanini aytgan. Fuqarolik sudi da`voni rad etgan va buzishni to`xtatishdan bosh tortdi.
Masjid 2023 yil 9 yanvarda buzib tashlangan.






