FVV qorlar erishi va tomlardan sumalaklarning tushishi bilan bog`liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo`lish va iloji bo`lsa, binolardan uzoqroq yurishni tavsiya qildi:
— qor massalari, sumalak va muzlar bo`lishi mumkin bo`lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmang va bolalarning bunday joylarda o`ynashi va bo`lishiga yo`l qo`ymang;
— quloqchin (naushnik) taqqan holda ko`chada yurmang, tomdan tushayotgan qor massalari shovqinini eshitmasligingiz mumkin;
— piyodalar yo`lakchasi bo`ylab harakatlanayotganda, yuqori qavatlarda shubhali shovqinni eshitsangiz, to`xtamasligingiz kerak, boshingizni ko`taring va u erda nima bo`lganini o`ylab ko`ring. Ehtimol, bu qor massalari yoki sumalak va muzlar tushayotgan bo`lishi mumkin. Bunday vaqtda qochib keta olmaysiz, imkon qadar tezroq bino devoriga yopishish kerak, bu xavfsiz bo`lishga xizmat qiladi;
— avtotransport vositalarini tomi baland binolar yoki tepasida qor massalari, sumalak va muzlar bo`lgan inshootlar yaqiniga qo`ymang.
Agar odam tomdan tushgan qor massalari, sumalak va muzlar tufayli jarohatlansa, darhol "tez yordam" chaqirish kerak.
18.01.2023 12:02
FVV qorlar erishi bilan bog`liq ogohlantirishni e`lon qildi






