1

Saudiyalik biznesmen Ronaldu-Messi to`qnashuvini ko`rish uchun qariyb 2,6 mln. dollarga VIP-chipta sotib oldi

Sport 18.01.2023, 19:15
Saudiyalik biznesmen Ronaldu-Messi to`qnashuvini ko`rish uchun qariyb 2,6 mln. dollarga VIP-chipta sotib oldi

Ertaga, 19 yanvar kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Fransiyaning PSJ klubi Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nassr” hamda “Al-Hilol” jamoalari yulduzlariga qarshi o`yin o`tkazadi.

Butun dunyo muxlislarining qiziqishiga sabab bo`layotgan ushbu Messi-Ronaldu to`qnashuvi uchun chiptalar va translyasiyalar sotuvi bir necha kun avval allaqachon boshlanib bo`lgan. “Al Jazeera” nashrining xabar berishicha, saudiyalik mahalliy biznesmen Mushraf al-G`amdiy ushbu uchrashuvga tashrif buyurish uchun qariyb 2,6 mln dollarga VIP-chipta sotib olgan.
U ushbu chiptani xayriya ausionida g`olib chiqib, qo`lga kiritgan. Dastlab, 1 million Saudiya riali (taxminan 260 ming dollar) bilan boshlangan ausion Al-G`amdiy tomonidan 10 million rial (2,6 mln dollar) pul evaziga tugatilgan.

Biznesmen endi bu chipta orqali o`yinni tomosha qilishdan tashqari jamoalarning kiyinish xonalariga kirib, futbolchilar bilan suratga tushishi mumkin bo`ladi.  Ta`kidlanishicha, kimoshdi savdosidan tushgan barcha mablag` xayriya ishlariga yo`naltiriladi.

Eslatib o`tamiz, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 2020 yilning dekabr oyida so`nggi bor o`zaro o`yin o`tkazgan. O`shanda “Yuventus” Chempionlar ligasi guruh bosqichi bahsida “Barselona”ni mag`lub etgan (3:0), Ronaldu esa dubl qayd etgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1