Zavod Chuy viloyatining Oq-suv qishlog`ida (Bishkekdan 50 km g`arbda) quriladi.
Iqtisodiyot vazirligi loyihani parlament qo`mitasiga taqdim etdi.
Unga ko`ra:
- Qirg`iziston tomonidan ishlab chiqarishda ikkita xususiy kompaniya: “Nur” OAJ va “DT texnika” MChJ, O`zbekiston tomonidan “O`zavtosanoat” davlat kompaniyasi ishtirok etadi.
- 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Narxlar raqobatbardosh bo`lishi aytilmoqda.
Kelishuv Shavkat Mirziyoevning 26 yanvar kuni kutilayotgan tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan.