"Tolibon" harakati generali Mobinxon Muhammad o`zining Twitter sahifasida milliarder Ilon Mask Afg`onistonda tug`ilganini ma`lum qildi.
"Tolibon" vakilining so`zlariga ko`ra, Ilon Mask Afg`onistonning Logar viloyati, Azar tumanida tavallud topgan va hozirda AQShda qochqin sifatida yashamoqda. Holat yuzasidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Maskka murojaat qilib, tvitga izoh bildirishni so`ragan.
Ma`lumot uchun, milliarder Ilon Mask Janubiy Afrikaning ma`muriy poytaxti Pretoriyada tug`ilib o`sgan. U 17 yoshida Kanadaga ko`chib o`tgan va Kingstondagi Kvins universitetida tahsil olgan. U 2 yildan so`ng AQShning Pensilvaniya universitetida o`qishni davom ettirgan.






