Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tgan XV yozgi Paralimpiya o`yinlari g`olib va sovrindorlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi imzolandi.
Farmoyish 2016 yilning 19 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolandi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o`rtasida Paralimpiya harakatini targ`ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo`lib o`tgan XV yozgi Paralimpiya o`yinlarida munosib ishtiroki, jasorat, matonat va mardlik namunasini ko`rsatib, yurtimizning xalqaro maydondagi obro`-e`tibori va nufuzini yanada yuksaltirishga salmoqli hissa qo`shgani uchun hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 12 iyuldagi PQ-2558-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagi sportchilar biryo`la to`lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlansinlar:
oltin medal olgani uchun
har biri 200 000 AQSh dollari bilan:
Namozov Sherzod Nasimovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Nigmatov Utkirjon Ismatillo o`g`li – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Tulendibaev Adiljon Rishatovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Norbekov Xusniddin Kilichboevich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Svechnikov Aleksandr Vladimirovich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Kayumova Nozimaxon Nomonjonovna – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Musabekov Firdavsbek Ulug`bek o`g`li – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Amilova Fotimaxon Ravshanbek qizi – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
kumush medal olgani uchun
har biri 100 000 AQSh dollari bilan:
Alimova Xaytjon Abdulla qizi – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Burxonova Safiya Kaimovna – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Odilova Muslima Ulug`bek qizi – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Pankov Kirill Dmitrievich – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
bronza medali olgani uchun
har biri 75 000 AQSh dollari bilan:
Boboev Shuxrat Shonazarovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Saidov Feruz Beshimovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Sharipov Shirin Xomitovich – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Salaeva Sevinch Odambay qizi – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Raximova Gulruh Ilxambekovna – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Nurmetova Tursunpashsha Baxramovna – dzyudo bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Saliev Doniyor Nurulla o`g`li – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Bozorov Axror Botirovich – pauerlifting bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Tursunxo`jaev Muzaffar Shuxratillo o`g`li – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Xorlin Dmitriy Sergeyevich – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Toshpulatova Shoxsanamxon Dilshodbek qizi – suzish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Ibragimov Server Yusufovich – o`q otish bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Saxatov Miran Miryunusovich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Xamraev Faxriddin Farxodovich – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi;
Abdurashidov Mansur Samat o`g`li – engil atletika bo`yicha terma jamoa a`zosi.
Farmoyishga ko`ra, Pul mukofotlarini to`lash O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan xorijiy valyutada – AQSh dollarida, bankda jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda ochiladigan depozit hisob raqamlaridan, soliq undirilmasdan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun zarur pul mablag`lari o`z vaqtida ajratilishini ta`minlab, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki esa O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgaliqda ajratilgan mablag`larni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomalari bo`yicha belgilangan tartibda konvertasiya qilinadi.
XV Paralimpiya o`yinlari qatnashchilari O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi huzuridagi Olimpiyachilarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tomonidan sotib olingan “Malibu” markali engil avtomobillari bilan mukofotlanadi.
Mazkur farmoyish asosida jismoniy shaxslarga berilgan engil avtomobillar qiymatiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinmaydi.





