Poytaxtimizda faoliyat ko`rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisi ovqatdan zaharlandi.
O`zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, qurilish firmasining ishchilari Tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo`limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.
Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatilib, ularning ahvoli qonikarli holatda.
Shu o`rinda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati yurtdoshlarimizdan sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste`mol qilmaslik, iste`mol uchun mo`ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishni so`raydi.






