AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bir sutkadan 2 412 nafar chaqaloq dunyoga keldi

'O`zbekistonda bir sutkadan 2 412 nafar chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

SSV Matbuot xizmati joriy yil 19 yanvar ertalabki soat 08:00 dan 20 yanvar 08:00 gacha vazirlikda tashkil etilgan Shtabga kelib tushgan ma`lumotlarni e`lon qildi.

Ushbu muddatda 2 762 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko`rsatgan. “Tez yordam”ga 32 638 ta chaqiriq kelib tushgan.

Eng ko`p chaqiriqlar:

  • Farg`ona viloyati — 3 863 ta,
  •  Toshkent shahri — 3 418 ta,
  •  Toshkent viloyati — 3 193 ta,
  •  Andijon viloyati — 3 178 ta,
  •  Surxondaryo viloyati — 3 108 ta.

Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 2 994 ta murojaat kelib tushdi.  

  • Bemorlardan 847 nafari gospitalizasiya qilindi.
  • Sutka davomida jami 2 412 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
  • 1 317 nafari — o`g`il;
  •  1 095 nafari — qiz.
  •  Ushbu go`daklardan 28 nafari — egizak.

Eng ko`p tug`uruq qayd etilgan hududlar:

  •   Farg`ona viloyati — 275 nafar,  
  • Qashqadaryo viloyati — 261 nafar,
  • Samarqand viloyati — 260 nafar,
  • Surxondaryo viloyati — 233 nafar,
  • Andijon viloyati — 218 nafar.

 

    Boshqa yangiliklar