Shvesiyalik o`ta o`ng qanot siyosatchi 21 yanvar, shanba kuni Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida o`tkazilgan namoyishda Qur`onni yoqib yubordi.
Shvesiya matbuoti mahalliy siyosatchi va radikal Rasmus Paludanning Turkiya prezidentini tanqid qilgani, so`ng Qur`on kitobiga o`t qo`ygani haqida xabar bermoqda.
Namoyish 14:00 da Yurgorden shimolidagi Stokgolmda boshlangan. Kunning ikkinchi yarmida o`nlab odamlar, OAV vakillari va polisiya hududni o`rab olgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on tarafdori Davlat Baxcheli voqeani izohlar ekan, ushbu voqea tufayli Turkiya Shvesiyaning NATOga a`zo bo`lish arizasini qabul qilmoqchi emasligini aytgan.
Shanba kuni Turkiya bilan bog`liq boshqa namoyishlar ham rejalashtirilgan, deya xabar beradi Aftonbladet. Ulardan biri Turkiyaning Shvesiyaning NATOga qabul qilinishiga qarshilik ko`rsatishi bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchisi Turkiya prezidentini qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
O`tgan yili aprel oyida ham Shvesiyada Qur`on nusxasi ommaviy yoqib yuborilgan edi.