Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 23 yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi.
Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.
Xususan, Namangan viloyatidagi 18 ta umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari isitish tizimida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanguncha masofaviy tarzda o‘qitiladi.
Masofaviy o‘qitiladigan maktablar:
Namangan shahar 1, 7, 50, Mingbuloq tuman 4, 25, Pop tuman 1, Norin tuman 1, Chust tuman 74, Chortoq tuman 16, 49, Yangiqo‘rg‘on tuman 9, 10, 15, 42, 43-maktablar;
Chust tuman 42-sonli, Uchqo‘rg‘on tuman 46-sonli va Norin tuman 47-sonli maxsus maktab-internatlari.