AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "svet"dan qarzdorlarni yana tarmoqdan uzish boshlanadi

'O`zbekistonda "svet"dan qarzdorlarni yana tarmoqdan uzish boshlanadi'ning rasmi

O`zbekistonda 27 yanvardan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushirilishi ma`lum qilindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, qarzdorlarigi mavjud iste`molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi. 

“Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar bo`lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to`lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o`tamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, anomal sovuq sharoitida iste`molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bo`yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qo`yish vaqtincha to`xtatilgandi.

    Boshqa yangiliklar