“Do`stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, o`tkazilgan bojxona ko`rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko`rsatilmagan 26 xil turdagi umumiy qiymati 2 mlrd. 7 ming so`mlik maishiy texnika vositalari, kanselyariya mahsulotlari va turli hildagi kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.