1

Samarqanda 23 yoshli qiz erkakni sharmanda qilmaslik uchun 40 ming dollardan ko`proq pul undirmoqchi bo`ldi (video)

Jinoyat 23.01.2023, 14:52
Samarqanda 23 yoshli qiz erkakni sharmanda qilmaslik uchun 40 ming dollardan ko`proq pul undirmoqchi bo`ldi (video)

Samarqanda 23 yoshli qiz erkakni shantaj qilish orqali undan 40 ming dollardan ko`proq pul undirmoqchi bo`ldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 34 yoshli pastdarg`omlik fuqaro raqqosa bilan tanishib qoladi. Ular o`rtasidagi yaqin munosabatlar darz ketgach, qiz erkakdan 250 million so`m miqdorida pul undiradi. Bu ham kamlik qilganidek, yana 20 ming AQSh dollari talab qiladi. 11 yanvar kuni IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda qiz erkakdan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtda qo`lga olindi. 

IIB xodimlari ayol kishi bilan bog`liq bo`lgan yana bir tovlamachilik holatiga chek qo`yishdi. 38 yoshli ayol va 32 yoshli erkak intrnet orqali tanishib qolishadi. Ular o`rtasidagi rishtalar ma`lum vaqt o`tgach uzilgach, ayol erkakning suratlarini motaj qilib, sharmanda qiluvchi holatga keltiradi. Ushbu fotosuratlarni internet saytlari orqali tarqatib, ularni o`chirish uchun fuqarodan 1 million so`m pul olgan. Ayol so`zida turmasdan o`zining jinoiy sherigi bilan erkakdan yana 4 million so`m pul talab qiladi. Holat yuzasidan 13 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB tegishli bo`limlari xodimlari tomonidan tashkil etilgan tezkor tadbirda ayol 400 AQSh dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1