O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshiriqlariga asosan ayni paytda Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida mamlakatimizda davom etayotgan anomal sovuq havo sharoitida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lmoqda.
Prezidentimiz topshirig`i bilan o`tkazilayotgan majlisda bugungi kunda respublika bo`yicha jami 40 mingta ko`p qavatli uy-joy mavjud bo`lsa, shundan 31 mingga yaqini 1991 yilgacha qurilgani ma`lum qilindi.
Shu bois, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi (Zakirov, Xidoyatov) Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu 31 mingta uylarning fasad qismini renovasiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o`tkazish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan ta`minlashni nazarda tutuvchi dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.






