AsosiyJamiyat

Qishdan eson-omon chiqish uchun qo`shimcha qancha ko`mir kerakligi aytildi

'Qishdan eson-omon chiqish uchun qo`shimcha qancha ko`mir kerakligi aytildi'ning rasmi

Bosh vazir boshchiligida bo`layotgan yig`ilishda Prezident tomonidan yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko`rilib, 21 yanvardan boshlab tabiiy gaz importi qayta tiklangani qayd etildi.

Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy soha – maktab, maktabgacha ta`lim, sog`liqni saqlash muassasalariga shu qishdan chiqish uchun qo`shimcha 35 ming tonna ko`mir zarur.

Shu maqsadda:

Energetika vazirligi (Axmedxodjaev) “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyati (Yakubov)ga uch kun muddatda viloyatlarga etkazib berilishi zarur bo`lgan rejadagi 20 ming tonna ko`mirni to`liq etkazib berilishini ta`minlash;

27 yanvardan boshlab esa qo`shimcha talab asosida joylarga ko`mir etkazib berilishini tashkil etishi topshirildi.

Shu bois, Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi (Islamov) “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyati (Yakubov) ikki oy muddatda “Angren” ko`mir konidan ko`mir qazib chiqarish hajmini kamida 30 foizga oshirish hamda Farg`ona va Surxondaryodagi yangi konlarni o`zlashtirish loyihalarini jadallashtirishi zarurligi qayd etildi.  

Energetika vazirligi (Axmedxodjaev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Kudbiev) bilan birgalikda joriy yilgi ko`mir balansini joylardagi haqiqiy extiyojdan kelib chiqib mavjud resurlarni inobatga olgan holda tayyorlash topshirildi.

    Boshqa yangiliklar