AsosiyJamiyat

Zangiotadagi shifoxonalarda ishlatilgan konteynerlardan poliklinikalar tashkil etiladi

'Zangiotadagi shifoxonalarda ishlatilgan konteynerlardan poliklinikalar tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov "Zangiota-1" va "Zangiota-2" shifoxonalari hududida avval o`rnatilgan 40 ta konteynerni qayta jihozlash uchun 900 million so`m ajratish to`g`risida qaror qabul qildi.

Ushbu klinikalar ikki o`ringa mo`ljallangan bo`lib, barcha zarur dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, EKG apparati va kislorod ballonlari bilan jihozlangan. Shuningdek, 2 nafar umumiy amaliyot shifokori va 2 nafar hamshira tomonidan aholiga joyida tibbiy xizmat ko`rsatiladi.

Mablag`lar Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag`lari zaxirasidan ajratilib, konteynerlarni ta`mirlash va kommunikasiyalarni (suv ta`minoti, issiqlik, kanalizasiya hamda elektr ta`minoti) yotqizish uchun sarflanadi.

Loyihaga ko`ra, 2023 yil oxirigacha Toshkent shahrining barcha tumanlarida jami 170 ta mini poliklinika tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar