AsosiySiyosat

Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi

'Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi'ning rasmi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–16-son, 23.01.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Qarorga muvofiq, O`zbekiston hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o`rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o`zaro yordam to`g`risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022 yil 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan.

Bojxona qo`mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar