AsosiyJamiyat

"Yangi O`zbekiston" unisersitetiga hujjat topshirish boshlandi

'"Yangi O`zbekiston" unisersitetiga hujjat topshirish boshlandi'ning rasmi

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O`zbekiston” universitetida o`qishga hujjatlar qabuli joriy yilning 12 yanvar kunidan boshlandi hamda hujjatlar qabuli joriy yilning avgust oyiga qadar davom etishi rejalashtirilmoqda.

Endilikda talabalar 2023/2024 o`quv yilidan bakalavr bosqichida mazkur yo`nalishlarda ta`lim olishlari mumkin: Kimyo va ilg`or materiallar muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Elektr muhandisligi, Dasturiy ta`minot muhandisligi, Kiberxavfsizlik, Sun`iy intellekt va robototexnika, Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma`lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi. O`qishga ariza topshirmoqchi bo`lgan abiturientlar newuu.uz saytiga kirib, qabul portaliga so`ralgan ma`lumotlarni kiritishlari kerak bo`ladi.

O`qishga ariza topshirgan abiturientlar imtihonlarni o`z xohishiga ko`ra, fevral, may yoki avgust oyida topshirishlari mumkin. Shuningdek, talabgorlar imtihonlarda bir necha marta qatnashishlari mumkin. Misol uchun, fevral oyida imtihonlarga qatnashgan va kirish imtihonlaridan olgan balidan qoniqmagan talabgor may va avgust oylarida qayta imtihon topshirish huhuqiga egadir. 

Kirish imtihonlaridan tashqari talabgorlar til bilish sertifikatini ham taqdim etishlari kerak. Agar talabgor hozirgi kunda til bilish sertifikatiga ega bo`lmasa, joriy yilning 5 sentyabriga qadar mazkur sertifikatni taqdim etishi so`raladi.

Hozirda texnikum va liseylarning bitiruvchi kurs talabalari hamda umumta`lim maktablarining 11-sinf o`quvchilari “Yangi O`zbekiston” universitetiga o`qishga ariza topshirib, muddatidan avval talaba bo`lish imkoniga egadirlar. Buning uchun ulardan o`qishga ariza topshirish jarayonida bitiruvchi sinf yoki kurs ekanligini tasdiqlovchi ma`lumotnomani yuklashlari talab etiladi. 

Ushbu universitetga imtihonlar yo`nalishlar kesimida quyidagi fanlardan o`tkaziladi Kimyo va ilg`or materiallar muhandisligi uchun Matematika va mantiqiy fikrlash hamda Kimyo fanlaridan, Mexanika muhandisligi, Elektr muhandisligi Dasturiy ta`minot muhandisligi, Kiberxavfsizlik hamda Sun`iy intellekt va robototexnika yo`nalishlariga Matematika va mantiqiy fikrlash va Fizika fanlaridan o`tkaziladi. 

Shuningdek, amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma`lumotlar tahlili, Pedagogika va Sanoat boshqaruvi yo`nalishlarida esa Matematika va mantiqiy fikrlash fanidan imtihonlar o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar