AsosiyJamiyat

Toshkentda bemorning o`g`li onasiga yordam ko`rsatgan tez yordam xodimini erkak bo`lgani uchun kaltakladi

'Toshkentda bemorning o`g`li onasiga yordam ko`rsatgan tez yordam xodimini erkak bo`lgani uchun kaltakladi'ning rasmi

2023 yil 22 yanvar kuni soat 16:25 da Toshkent tumani tez tibbiy yordam bo`limi xodimi bemorning o`g`li tomonidan  kalataklandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari xabar bermoqda. 

Ta`kidlanishicha, xonadonda yiqilib tushib, jarohat olgan bemor (ayol)ga birinchi tibbiy yordam ko`rsatayotgan vaqtlarida, ayolning o`g`li (1999 y.t. O`.A.) kirib kelib, nega ayol hamshira kelmadi deb, janjal qilgan.

Shunga qaramay tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajarganlar va zaruratga ko`ra bemorni shifoxonaga olib borganlar.

Shu vaqtda bemorning o`g`li kelib, tushuntirishlarga qaramay janjalni davom ettirgan va feldsher 1993 yilda tug`ilgan U.U. ni qo`llari bilan urib tan jarohati etkazgan (tibbiy ekspertiza tayinlangan).

Hozirda 24 yoshli fuqaro O`.A. IIB xodimlari tomonidan prosessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Toshkent tumani IIB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar