AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sodir bo`lgan yong`inga Qirg`izistondan suv olib kelib, o`chirildi

'O`zbekistonda sodir bo`lgan yong`inga Qirg`izistondan suv olib kelib, o`chirildi'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi Chegara xizmati Qirg`iziston chegarachilari O`zbekiston fuqarolariga yordam ko`rsatganini xabar qildi.

2023 yil 20 yanvar kuni Oq-Tam aholi punkti ro`parasidagi Davlat chegarasi chizig`i yaqinidagi O`zbekiston Respublikasi fuqarosiga tegishli molxona yonib ketgan.

O`zbekistonning chegaradosh qishlog`i aholisi suvdan foydalana olmagani uchun Ala-Buka chegara otryadi chegarachilari suv olish uchun Qirg`iziston hududiga devordan oshib o`tishga ruxsat bergan.

O`z vaqtida ko`rsatilgan yordam tufayli yong`in tezda o`chirilgan.

Qirg`iziston Chegara xizmati har qanday savol tug`ilganda fuqarolar eng yaqin chegara bo`linmasiga murojaat qilib, qonunda belgilangan tartibda hal etishlari mumkinligini eslatib o`tmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar