Prezident Shavkat Mirziyoevning “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq, respublika hududlarida “Tadbirkorlar xiyobonlari” tashkil etiladi. Bunda:
- xiyobonlar tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan Savdo-sanoat palatasiga to`langan a`zolik badallari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag`lari hamda mahalliy byudjetlar mablag`lari hisobidan barpo etiladi;
- tashkil etilayotgan xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda “B2B” tadbirlari va “kovorking” faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi;
- faol tadbirkorlarning erishgan natijalarini namoyish etish maqsadida yil davomida ko`rgazmalar o`tkazib boriladi;
Qarorga ko`ra, xiyobonlardagi bino-inshootlar Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari balansiga o`tkazib beriladi.






