"Tata Stell Chess 2023"ning 9-raund bahslari yakunlandi.
"Masters" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan o`zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2713) germaniyalik Vinsent Keymerga (2696) qarshi dona surdi.
Abdusattorov va Keymer o`rtasida 7 soatga yaqin davom etgan o`yin natijasi esa durang!
Shunday qilib, Nodirbek guruhda 9 ta o`yin bilan 6.5 ochko jamg`arib, peshqadamlikni saqlab qoldi.
"Challengers" guruhida 5 ochko bilan 4-o`rinda borayotgan Javohir Sindarov (2654) esa shaxmat tarixida eng yosh grossmeyster bo`lgan AQSh vakili Mishra Abhimanyu (2559) bilan bahsga kirishdi va juda chiroyli g`alaba bilan 9ta o`yindan 6 ochko jamg`arib, o`z guruhida peshqadamdan atigi 0.5 ochko ortda qolmoqda.






