Yig`ilishda bandlikni ta`minlashda aholiga tarqatilgan erlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
Ikki yil ichida aholiga beriladigan erlar 200 ming gektardan oshadi. Bu – Samarqand viloyatining jami paxta va g`alla eridan ko`p maydon.
Lekin, bu yil ajratilishi kerak bo`lgan erlarni ko`pi hali zaxiraga olinmagan, ishlar pala-partish tashkil qilinayapti. Mahallaning ichidagi kichik-kichik qulay maydonlar qolib, dalaning o`rtasidagi katta erlarni ajratish holatlari ham bor.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
- har bir mahallaga “usta dehqonlar”ni jalb qilib, ushbu er maydonlarida faqat eksportbop-bozorbop mahsulotlar etishtirilishiga e`tibor qaratish;
- har bir tuman agrologistika markazlari va eksportyorlar bilan shartnomalar tuzilishini ta`minlash topshirildi.
Bu erlardan samarali foydalanib, kamida 1 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi ko`rsatib o`tildi.
Yangi tizimga ko`ra, tumanlar alohida toifalarga ajratildi. Yig`ilishda 4 va 5-toifalarga kirgan og`ir tumanlar hokimlari o`z ish uslublari va yondashuvlarini o`zgartirishi shartligi qayd etildi.
Masalan, bugun Surxondaryoning barcha tumanlariga respublikadan tajribali kadrlar hokim qilib qo`yildi.
Shu bilan birga, ushbu tumanlarda kambag`allikni qisqartirish ishlari ham yangicha tashkil qilinadi. Bunda:
- birinchi bosqichda “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” yagona tizimga birlashtirilib, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi;
- ikkinchi bosqichda har bir oilani kambag`allikdan chiqarish bo`yicha individual dasturlari tuziladi;
- uchinchi bosqichda oila uchun kasb-hunarga o`qitish, tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi.
25.01.2023 13:05
Yig`ilishda 4- va 5-toifalarga kirgan og`ir tumanlar hokimlariga ish uslubini o`zgartirishi shartligi aytildi






