Joriy yilning 10-24 yanvar kunlarida Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 300 ta holatda ayrim tadbirkorlik sub`ektlari va iste`molchilar tomonidan 4,5 mln kVt-soat miqdordagi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatidagi “Mashhura Tort Angor” MChJ, Andijon viloyatidagi “Oq yor sauna” OK hamda Qoraqolpog`iston Respublikasidagi “Cake bumer” MChJlar kabi maishiy xizmat ko`rsatuvchi bir qator korxonalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi ma`lum bo`ldi.
Buning natijasida energetika tizimiga jami 2,1 mlrd so`m miqdorida zarar keltirilgani ma`lum bo`ldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o`rtacha 22 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste`molini tashkil qiladi.
O`tkazilgan o`rganishlar natijasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste`molchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat bo`yicha tegishli choralar qo`llash uchun rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda, deyiladi xabarda.
25.01.2023 14:27
Surxondaryo, Andijon va Qoraqalpog`istonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi - Energetika vazirligi






