«O`zbekneftgaz» rahbariyati mamlakatda ishchi tashrif bilan bo`lib turgan Turkmanistonning Petronas Charigali Sdn Bxd kompaniyasi delegasiyasi a`zolari bilan uchrashuv o`tkazdi. Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, muzokaralar yakunida tomonlar 2023 yilda Turkmanistondan O`zbekistonga neft etkazib berish dasturini birgalikda tayyorlash to`g`risida kelishuvga erishgan.
Shuningdek, uchrashuvda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining Petronas Charigali Sdn Bxd kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari bilan o`zaro munosabatlari istiqbollari muhokama qilingan. Zavodga neft xom-ashyosi importi borasida uzoq muddatli hamkorlikni yo`lga qo`yish imkoniyatiga alohida e`tibor qaratilgan.
Ma`lumot uchun, Petronas Charigali Sdn Bxd kompaniyasi Kaspiy dengizining Turkman shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi. Malayziyaning to`liq integrasiyalashgan neft-gaz transmilliy kompaniyasi Petronas`ning sho`ba korxonasi bo`lib, u ishlab chiqarish hajmi bo`yicha dunyodagi etakchi neft va gaz kompaniyalaridan biridir.






