Kecha, Buxoroda “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Yolg`on xabar tarqatilganligi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi bu haqda viloyat Prokuraturasi xabar bermoqda.
“BUKHARA NEWS” axborot resursi tomonidan ma`lumotlarning haqqoniyligi o`rganilmasdan videomurojaat e`lon qilinganligi oqibatida aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar tarqatilganligi holati bo`yicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244¹-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atildi" deyiladi xabarda.
Ma`lumot o`rnida:
O`zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonunining 12¹- moddasida axborot resursining egasi, shu jumladan blogerlarga o`z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to`g`riligini tekshirish majburiyati yuklatilgan.
Qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish viloyat IIBga yuklatildi.
Tergov jarayoni to`g`risida qo`shimcha axborot beriladi.






