AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg`armasining rahbari qariyb 2 mlrd so`m puli o`zlashtirib yuborgan

'Qashqadaryoda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg`armasining rahbari qariyb 2 mlrd so`m puli o`zlashtirib yuborgan'ning rasmi

Jamg`armaning sobiq rahbari va MChJ rahbari pullarni talon-toroj qilishda gumonlanib, qamoqqa olingan.  Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg`armasi viloyat filialining sobiq boshlig`i Qarshi shahridagi faoliyat ko`rsatuvchi MChJ rahbari bilan jinoiy til biriktirib, o`ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo`lgan “YOSHLAR-KELAJAGIMIZ” jamg`armasi viloyat filialining 1 mlrd. 800 mln so`m pul mablag`larini o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan JKning 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar