Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xuanfran jamoadoshi Antuan Grizmannga yuqori baho berib, "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan qolishmas ekanini ta`kidlab o`tdi. Bu haqda Goal nashri xabar qilmoqda.
"Menga Messi dunyoning eng zo`r futbolchisimi, deb savol berishingizni kutgandim. Shu kunlarda rafiqam menga bironta futbolchini eng zo`ri, deb aytma deb tayinlagandi.
Ammo, men uchun eng kuchli futbolchilar "Atletiko"da o`ynashadi. "Oltin to`p"ni Grizmannga bergan bo`lardim", – dedi Xuanfran.





