AsosiyJamiyat

Internetda narkotiklar reklamasi, manzili haqida ma`lumot beruvchi 1 300 dan ortiq resurs o`chirildi

'Internetda narkotiklar reklamasi, manzili haqida ma`lumot beruvchi 1 300 dan ortiq resurs o`chirildi'ning rasmi

Internetda narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan 1 300 dan ortiq resurslar o`chirildi, deya xabar bermoqda AOKA.

AOKA va IIV organlari bilan hamkorlikda narkotik moddalari reklamasi joylashtirilgan manzil haqida xabar qabul qiluvchi @stopnarko_bot telegram-botini ishga tushirgan edi.

Qayd etilishicha, mazkur telegram-bot ishga tushirilgandan so`ng, botga jamoatchilik tomonidan ko`plab ma`lumotlar kelib tushmoqda. Ushbu ma`lumotlar asosida tegishli o`rganishlar olib borilib, shu kunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda narkotik moddalar reklamasi, manzili haqida ma`lumot beruvchi 1 300 dan ortiq resurs faoliyati to`xtatilgan.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog`liq bo`lgan "Telegram" kanallari va botlarini reklama qiluvchi devoriy yozuvlari (graffiti)ni  tezkorlik bilan olib tashlash choralari ko`rilmoqda. Jumladan, 2022 yil davomida jami 2962 ta "narko-graffiti"lar aniqlanib, bartaraf etilgan.

AOKA odamlardan befarq bo`lmaslikni, narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan ma`lumotlarni ko`rganda @stopnarko_bot ga yuborishni so`ramoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar