AsosiyJamiyat

Chinozda “Lesetti” muzlab qolgan ko`lga tushib ketdi(video)

'Chinozda “Lesetti”  muzlab qolgan ko`lga tushib ketdi(video)'ning rasmi

“Lesetti” rusumli avtomobil haydovchisi Chinozda muzlab qolgan ko`lmak ustidan harakatlanishi natijasida muz yorilib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, bugun, 26 yanvar kuni soat 10:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “Lesetti” rusumli avtomobil haydovchisi Chinoz tumanida yo`lda xosil bo`lgan muzlab qolgan ko`lmak ustidan harakatlanishi natijasida muz yorilib, avtomashina o`sha joyda qolib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan Chinoz tumani FV bo`limi qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, muz orasida qolib ketgan haydovchi, uning yo`lovchisi hamda avtomashinasiga maxsus texnikalar yordamida chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar