1

Andijondagi qotillik tavsilotlari ochiqlandi. Qotil begona emas

Jinoyat 26.01.2023, 21:04
Andijondagi qotillik tavsilotlari ochiqlandi. Qotil begona emas

Xo`jaobod tumanidagi xonadonlarning birida 62 yoshli ayol va uning 17 yoshli jiyanining jasadi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar bergan edik. 

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov hodisa tavsilotlarini ochiqladi.   

Aniqlanishicha, 25 yanvar kuni soat 18.30 larda 30 yoshli erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini to`lash uchun qarzga pul so`ragan va ammasidan rad javobini olgan.

Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablag`larini qo`lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisining qizi) ni xo`jalik pichog`i bilan qasddan o`ldirgan.  

Shundan so`ng, u xonadonda bo`lgan 7 mln. so`m pulni qo`lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.  

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1