1

Sirdaryodagi xonadonda gaz portladi

Jamiyat 27.01.2023, 09:08
Sirdaryodagi xonadonda gaz portladi

Sirdaryo viloyat FVBning bergan xabariga ko`ra, joriy yilning 26 yanvar kuni Guliston shahar "Namuna" MFY Al-Xorazmiy ko`chasidagi 62-xonadonda taxminan havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog`liq hodisa sodir bo`lgan. 

Hodisa oqibatida yong`in sodir bo`lmagan, xonadon oshxonasining kirish eshigi va derazasi qisman shikastlangan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. 

Hozirda ushbu hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1