AsosiyJamiyat

Toshkentdagi “Moviy Gumbaz” bog`ida daraxtlar kesildi. Rasmiylar sababini aytdi

'Toshkentdagi “Moviy Gumbaz” bog`ida daraxtlar kesildi. Rasmiylar sababini aytdi'ning rasmi

Yakkasaroy tumanida joylashgan “Moviy Gumbaz” bog`i hududida daraxt kesilishi bilan bog`liq holat sodir bo`ldi. Yakkasaroy tumani hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`limi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilib, o`rganishlar natijasida, bir qator hududlarda havoning harorati keskin tushib ketishi hamda qalin qor yog`ishi natijasida ushbu daraxtlarga ham jiddiy ziyon etganligi aniqlandi.

"Tabiiy omillar ta`sirida qulagan daraxtlar tuman aholisining hayoti va mol-mulkiga jiddiy xavf tug`dirmasligining oldi olinib, tegishli tashkilotlar tomonidan bartaraf etish ishlari amalga oshirilganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar