AsosiyJamiyat

⚡️ Toshkentda 2022 yilda 136 nafar odam YTH qurboni bo`ldi, ularning 17 nafari bolalar

'⚡️ Toshkentda 2022 yilda 136 nafar odam YTH qurboni bo`ldi, ularning 17 nafari bolalar'ning rasmi

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yilning 12 oyi mobaynida poytaxtda 1200 ta yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Hisobot davrida YTH oqibatida halok bo`lganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma`lum qilinishicha, yo`l-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir bo`lgan, buning oqibatida 56 nafar voyaga etmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan.

O`tgan bir yil davomida haydovchilar tomonidan yo`l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo`lgan YTHlar tahliliga to`xtalganda:

Eng ko`p uchraydigan qoidabuzarlik tezlikni oshirish bo`lgan - 370 ta holat. 143 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga o`tgan. 8 ta baxtsiz hodisa avtomobil rulida o`tirgan shaxslarning mast holatda bo`lganligi sababli sodir bo`lgan. 73 ta YTH jiddiy oqibatlarga olib keldi.

 

    Boshqa yangiliklar