1

O`zbekistondan sovuq antisiklon ta`siri asta-sekin kuchsizlanishda davom etadi (video)

Jamiyat 27.01.2023, 14:13
O`zbekistondan sovuq antisiklon ta`siri asta-sekin kuchsizlanishda davom etadi (video)

"O`zgidromet" markazi O`zbekiston bo`ylab 27-29 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha sovuq antisiklon periferiyasining ta`siri asta-sekin kuchsizlanishi davom etadi.

Respublikaning barcha hududlari bo`yicha asosan kam bulutli, yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi kuzatiladi.

Respublika hududi bo`yicha havo haroratining ko`tarilishi notekis bo`ladi. Bugun kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0-5 daraja iliq atrofida, Surxondaryo viloyatida 7-10 daraja iliqgacha bo`ladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 2-4 daraja sovuq atrofida bo`lishi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari respublika bo`yicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi Harorat kechalari 3-8 daraja sovuq, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 10-12 daraja sovuq atrofida bo`ladi. Kunduz kunlari harorat 2-7 daraja iliqgacha, Surxondaryo viloyatida 10 daraja iliqgacha bo`ladi.

Poytaxtda dam olish kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi asta-sekin 2-4 daraja iliqgacha, yakshanba kuni 5-7 daraja iliqgacha ko`tarilida. Kechalari 3-5 daraja sovuq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1