1

O`zbekistonda qor qo`ynida ilk boychechaklar ochildi

Jamiyat 27.01.2023, 14:53
O`zbekistonda qor qo`ynida ilk boychechaklar ochildi

Tabiat resurlari vazirligi matbuot xizmati O`zbekistonda qor qo`ynida ochilgan ilk boychechaklar suratini olib, odamlarga bahoriy kayfiyat ulashmoqda.  

Vazirlik xodimi Sherali Iskandarovning xabar berishicha, Nurobod tumanining Tepaqul qishlog`ida hali qor-muzlar qisman erigan bo`lsa-da, boychechaklar ochilishni boshlagan.  

Keyingi kunlarda yurtimizda kuzatilgan qorli-qirovli va sovuq ob-havo qish fasliga xos bo`lgan manzaralarni namoyon etdi. Hayot davom etganidek, tabiatda ham o`zgarishu yangilanishlar, binobarin, fasllar almashinuvi ham davom etaveradi.  

Boychechaklarning ochilishi qishning ortga chekinib, bahor yaqinlashayotganidan bir darakdir.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1