Faqat pasport va ID-karta: Davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarga engillik yaratildi

Jamiyat 27.01.2023, 15:15
Faqat pasport va ID-karta: Davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarga engillik yaratildi

Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etiladi.

Bunda, Davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDAKga kiritilgan elektron ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etilishini hisobga olib, Siz tomoningizdan ish staji va ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlarni raqamlashtirish lozim bo`ladi.  

Qayd etilishicha, ma`lumotlaringizni raqamlashtirilganlik holatini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan ro`yxatdan o`tgan holda tekshirishingiz mumkin.

Agar ma`lumotlaringiz to`liq yoki qisman raqamlashtirilmagan bo`lsa, mazkur ma`lumotlaringizni raqamlashtirishingiz maqsadga muvofiq, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1