Ayollarga odob bo`yicha "vazxon"lik qilgan ikki toshkentlik bloger jarimaga tortildi

Jamiyat 27.01.2023, 15:58
Ayollarga odob bo`yicha "vazxon"lik qilgan ikki toshkentlik bloger jarimaga tortildi

Joriy yilning yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi ikki erkak o`z diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda ayollarning ko`chaga chiqishiga oid turli nomaqbul cheklovlarini bayon qilgani aks etgan videorlar tarqatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO xodimlari tomonidan holatni o`rganish maqsadida 1991 yilda tug`ilgan X.D. va 1989 yilda tug`ilgan I.O.lar bilan o`tkazilgan suhbatda  videoda aks etgan mavzu bo`yicha o`z tashabbuslariga ko`ra shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda munosabat bildirganliklari ma`lum qilishgan.

O`tkazilgan profilaktik suhbat davomida fuqarolarga O`zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to`g`risida”gi Qonun talablari tushuntirib o`tilgan. 

Ma`lumot uchun:O`zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi qonuniga asosan, jins bo`yicha bilvosita kamsitish, ya`ni bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo`yadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, ta`lim, madaniyat orqali targ`ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilanishiga yo`l qo`yilmaydi. 

Ushbu Qonunning 29-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu fuqarolar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1842-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)ga asosan ma`muriy javobgarlikka tortilgan.  

"Turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatimizda qonun bilan o`rnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz gap-so`z va sa`y-harakatlar aholi orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga va turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo`ladi.

Xalqimiz mentaliteti, milliy urf-odatlari va jamiyatda  qabul qilingan yurish-turish qoidalarini hurmat qilgan holda, milliy qonunchiligimizga itoatkor bo`lishga chaqiramiz", deyiladi IIBB xabarida

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1