AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 5 gektar erni 40 ming AQSh dollariga sotayotgan qishloq xo`jaligi bo`limi xodimi qo`lga olindi (video)

'Sirdaryoda 5 gektar erni 40 ming AQSh dollariga sotayotgan qishloq xo`jaligi bo`limi xodimi qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Sirdaryoda 5 gektar erni 40 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sirdaryo tumani qishloq xo`jaligi bo`limi xodimi 1989 y.t. ukasi bilan o`zaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar er maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur 5 gektar er maydoni 2020 yilda viloyat hokimligining bayonnomasi asosida daryo o`zanini tozalash, qirg`oqlarini mustahkamlash va qum-shag`al qazib olish maqsadida istisno tariqasida, auksion savdolariga qo`yilgunga qadar foydalanish uchun Sirdaryo tumani qishloq xo`jaligi bo`limi xodimiga qarashli MChJga biriktirilgan.

Lekin, 2022 yilda viloyat hokimligining tegishli bayonnomasi bilan  ushbu biriktiruv bekor qilingan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar