AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`rtacha ish haqi qariyb 4 mln so`mga etdi

'O`zbekistonda o`rtacha ish haqi qariyb 4 mln so`mga etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi 2022 yilda o`rtacha ish haqi 2021 yilga nisbatan 21,1 foizga oshib, 3,8 mln so`mni tashkil etganini aytmoqda. Bu haqda agentlik 2022 yil yanvar-dekabr oylari uchun tayyorlagan hisobotida ma`lum qilgan.

Unga ko`ra, respublika bo`yicha hududlar kesimidagi eng yuqori ish haqi Toshkent shahriga to`g`ri kelib, poytaxtda o`rtachi ish haqi 6 mln 300 ming so`mga teng.
Yana bir yuqori ko`rsatkich esa Navoiy viloyatlariga to`g`ri keladi – 5,1 mln so`m.

Shuningdek, Toshkent viloyatida bu ko`rsatkich 3 mnl 946 ming so`mga, Andijon viloyatida 3 mln 381 ming so`mga hamda Buxoroda 3 mln 310 ming so`m, Qoraqalpog`istonda 3 mln 246 ming so`m, Sirdaryoda 3 mln 221 mingga tengligi ko`rsatilgan.

Statistika agentligining ma`lum qilishicha, respublikadagi eng kam ish haqi Farg`ona viloyatida qayd etilgan bo`lib, viloyatdagi o`ztacha oylik maosh miqdori 2,9 mln so`mga teng.

O`zbekistonda eng yuqori maoshni bank, sug`urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to`g`ri kelib, 10 817,1 ming so`mni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 7 556,4 ming so`mni, tashish va saqlash sohasi 5 079,8 ming so`mni va sanoat sohasi 4 920,0 ming so`mni tashkil etib, o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko`rsatkichni tashkil qiladi.

Eng past ko`rsatkich esa ta`lim sohasiga to`g`ri kelib, 2 mln 700 ming so`mni tashkil qiladi. Shuningdek, sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohalarida ham oylik ish haqi past bo`lib, bu ko`rsatkich 2 mln 611 ming so`m ekanligi qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar