Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov davlat tashkilotlarining piar kompaniyalari haqida gapirdi.
Bu haqda u o`zining Telegram sahifasida yozib qoldirgan.
“Davlat idoralari va tashkilotlari, shu jumladan, davlat ulushi bo`lgan korxonalar o`zlarining piar kampaniyasi uchun sarflayotgan mablag`lari to`g`risidagi ma`lumotlar hamda ularning huquqiy asosi va manbasini jamoatchilikka ochiqlashi zarur”, degan Burxonov.






