Eronning Isfaxon shahrida Mudofaa vazirligining uchuvchisiz samolyotlar va o`q-dorilar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodiga hujum uyushtirildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, portlash Eron Mudofaa vazirligining o`q-dorilar ishlab chiqarish markazlaridan birida sodir bo`lgan.
Isfaxon rahbarining siyosiy xavfsizlik bo`yicha o`rinbosari Muhammad-Rizo Jan Nisharining aytishicha, zavoddagi portlash “muvaffaqiyatsiz” dron hujumi tufayli sodir bo`lgan.
“Oldindan tayyorlangan prognozlar va mudofaa choralari tufayli dronlardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan va qolgan ikkitasi yo`q qilindi”, — dedi u.
Rasmiyning aytishicha, havo hujumi natijasida zavod tomiga ozgina zarar etgan, qurbonlar yo`q.
Shuningdek, u zavod hujumiga aloqador shaxslarni aniqlash bo`yicha tadbirlar o`tkazayotganini aytgan.






