AsosiyJamiyat

Bog`cha xodimlarining oyligi maktab o`qituvchilari oyliklariga tenglashtiriladi(video)

'Bog`cha xodimlarining oyligi maktab o`qituvchilari oyliklariga tenglashtiriladi(video)'ning rasmi

Bog`cha xodimlarining oyligi oshirilib, maktab o`qituvchilari oyliklariga tenglashtiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi mas`ul xodimi Mavluda Asqarxo`jaeva ma`lum qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti buyrug`i bilan, 2023 yil Maktabgacha ta`lim xodimlarining oylik maoshi oshirilishi va uning miqdori maktab o`qituvchilarining maosh miqdoricha bo`lishi belgilangan. 

Unga ko`ra, bog`cha mudiri lavozimining maoshi maktab direktori 3 va 4-guruh lavozim maoshiga tenglashtirish, tarbiyachi yordamchisi lavozimi maoshini 70 foizga oshirish, oshxona va buxgalteriya xodimlari lavozimi maoshiga 100 foiz ustama haq belgilash ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar