Surxondaryo viloyatining Angor tumanida "Spark" va tez yordam mashinasi to`qnashishi oqibatida bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma`lum qildi.
Viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, voqea 28 yanvar kuni soat 4:10 larda M-39 xalqaro avtomobil yo`lida yuz bergan.
Tez yordam mashinasi o`z yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotganda "Spark" haydovchisi qarama-qarshi yo`nalishga chiqib unga to`qnashib ketgan.
Oqibatda "Spark"ning 22 yoshli haydovchisi olgan og`ir tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Tengdoshi bo`lgan yo`lovchisi esa og`ir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.






