Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Nurota tumani Bo`ston qishlog`ida kuppa-kunduz kuni bo`rilar yurgani, ular aholi yashash joylariga ham kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat Navoiy viloyati Nurota tumani Ekologiya bo`limi, O`zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Navoiy viloyat bo`limi xodimlari hamda tuman IIB bo`limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, tumandagi “Bo`ston” MFYning tog` hududlari o`rganildi.
O`rganish davomida mahalla oqsoqollari bilan suhbat o`tkazilganda videodagi bo`rilar Nurota tumanining qo`shni qishloqlari, ya`ni Samarqand viloyati Qo`shrabot tumanidagi Qo`shtomg`oli, Chinoq va Tepalik qishloqlarida sodir bo`lgani aniqlandi.
Ishchi guruh tomonidan ushbu holat bo`yicha Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumani ekologiya bo`limiga xabar berildi.
Shuningdek Nurota tumanidagi “Bo`ston” MFYning tog` hududlari atrofida istiqomat qiladigan aholiga chorva mollarini vaqtinchalik tog` hududlarga olib chiqmaslik to`g`risida targ`ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.






