AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda fuqaroni internetda tanishgan do`sti 20 mlnga chuv tushirdi

'Qashqadaryoda fuqaroni internetda tanishgan do`sti 20 mlnga chuv tushirdi'ning rasmi

Qashqadaryoda internet orqali tanishgan kishisining plastik kartasi hisobidan katta miqdordagi pulni firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Dehqonobod tumani Istiqlol MFYda yashovchi N.Yu. ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaroga ko`ra, ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan shaxs uning telefon raqami va boshqa ma`lumotlarni olib, plastik kartasidan jami 19 mln 834 ming 500 so`m pullarini o`zlashtirib olgan. 

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahar “Bo`ston” MFYda yashovchi A.A. sodir qilgani aniqlanib, undan hodisaga bog`liq ashyoviy-dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar