Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko`chki hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo`yicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O`zgidromet”ning ma`lumotiga ko`ra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha ko`tariladi. Hatto, tog` oldi va tog`li hududlarda 2-7 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.
Havo haroratining ko`tarilishi – qor va muzlar erishini tezlatib, sel, ko`chki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimolini yanada kuchaytiradi.
Yig`ilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishim mumkin bo`lgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan sel oqimlari, toshqinlar va ko`chki hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo`yicha doimiy shtab tashkil etildi.
Davlat rahbarining 2022 yil 18 noyabrdagi 426-son qarorlariga asosan Toshqinga qarshi Hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifasilari belgilangan.
Vazirlar Mahkamasida o`tgan yig`ilish bayoni bilan ushbu Komissiya a`zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.