IIV Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasida yashovchi fuqaro E.A. markazga ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjeri orqali «Jamshid Xojaev» nomli noma`lum profil egasi uning rasmlarini o`ziga jo`natib, 5.000.000 so`m miqdorida pul talab qilganligini, agar ushbu pullarni bermasa internet ijtimoiy tarmoqlariga suratlarni tarqatib yuborishini aytib qizni qo`rqitganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik qilib pullarni o`zlashtirmoqchi bo`lgan shaxs, Qo`ng`irot tumanida yashovchi, 1985 y.t., R.S. ekanligi aniqlangan.
R.S. pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
R.S. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






