Avvalroq, Nukusda ko`p qavatli uyning 4-qavatida portlash bo`lgani va portlash oqibatida 5 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi (O`ta muhim va toifalangan ob`ektlarning qo`riqlanishini ta`minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik) “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda aybdor shaxslar doirasini aniqlash, ularni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi hal etilmoqda.






