AsosiyJamiyat

“Azimut” aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga reyslarni yo`lga qo`ydi

'“Azimut” aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga reyslarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga yangi reysni yo`lga qo`ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qildi.

Aviakompaniyaning Sochidan uchgan samolyoti 30 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Buxoro aeroportiga kelib qo`ngan.

Sochi — Buxoro — Sochi yo`nalishi bo`yicha charter reyslar “Sukhoi Superjet 95” samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar